Yaman bo'ylab qurolli to'qnashuvlarning yangi to'lqini ortidan mamlakat ichida 250 mingdan ziyod tinch aholi boshpanasini tashlab ketishga majbur bo'ldi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo'yicha Oliy komissarligi (BMT QOAK) tarqatgan bayonotga ko'ra, iyul oyidan buyon davom etayotgan shiddatli janglar keskin gumanitar inqirozga sabab bo'lmoqda. Husiylar harakati hamda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyani qo'llab-quvvatlayotgan rasmiy kuchlar o'rtasidagi qarama-qarshilik mamlakat infratuzilmasini izdan chiqarmoqda.
Janubi-g'arbiy Yamandagi Taiz shahri ushbu ko'chish krizisining markaziga aylangani aytilmoqda. BMT ma'lumotlariga ko'ra, jami qochqinlarning 76 foizi aynan shu hududdan kelib chiqqan va ularning 52 foizi Taizda qolishga urinmoqda. Shuningdek, Lahij va Aden viloyatlari ham minglab majburiy ko'chirilganlarni qabul qilmoqda. Taizdagi turar-joy hududlari va tibbiyot muassasalari yaqinida artilleriya o'qqa tutishlari kuchaygani, xavfsizlik masalalari hamda yo'llardagi cheklovlar gumanitar yordam yetkazishni deyarli imkonsiz qilayotgani ta'kidlanmoqda.
Britaniya rejimi o'z harbiylarini Saudiya Arabistonini qo'llab-quvvatlash uchun yuborishini ma'lum qilgan bo'lsa-da, bu kabi tashqi aralashuvlar mintaqadagi vaziyatni yanada chigallashtirmoqda. Yevropa va G'arb davlatlarining go'yo "tinchlikni saqlash" bahonasidagi harakatlari mojarolarning yanada kengayishiga sabab bo'layotgani aytiladi. O'z navbatida, Xalqaro tashkilotlar suv ta'minoti tizimlari izdan chiqqani, oziq-ovqat va boshpana yetishmasligi millionlab odamlarning hayotini xavf ostiga qo'yayotganidan ogohlantirmoqda.
Source: www.aljazeera.com