Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh sud tizimining so'nggi qaroriga ko'ra, Gvatemala fuqarosi Rigoberto Ramon Miranda-Orozco 30 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Ushbu jazo uning odam savdosi tarmog'idagi ishtiroki hamda 53 nafar migrantning fojiali o'limiga olib kelgan jinoyatlari uchun tayinlandi. Mazkur og'ir muddatli hukm San-Antonio federal sudida chiqarilgan bo'lib, ayblanuvchi Gvatemabadan ekstraditsiya qilinganidan keyin jazo muqarrarligiga duch keldi.

Fojia 2022-yil 27-iyun kuni Texas shtatining chekka hududida yuz bergan edi. Prokurorlarning ta'kidlashicha, Laredodan San-Antonio shahriga yo'l olgan yuk mashinasi ichida konditsioner ishlamay qolgan va oqibatda o'nlab odamlar issiqlik hamda suvsizlikdan qiynalib halok bo'lgan. Mashina topilgan vaqtda tashqi harorat 32 darajaga yaqinlashgan, yukxona ichidagilar esa qutulish uchun devorlarni tirnoqlari bilan chizib, umidsiz urinishlar qilishgani aniqlangan.

Ayblov xulosasiga ko'ra, halok bo'lganlar orasida olti nafar bola va homilador ayol ham bo'lib, ularning 21 nafari Gvatemala fuqarolari edi. Migrantlar AQSh chegarasidan o'tish uchun 15 ming dollargacha mablag' to'lagani aytilmoqda. Miranda-Orozco iyul oyida migrantlarni noqonuniy olib kirish hamda o'limga olib kelgan til biriktirish ayblari bo'yicha o'z aybiga iqror bo'lgan edi.

AQSh rejimi vakillari ushbu holatni chegaradagi xavfsizlik choralarini kuchaytirish zaruratiga dalil sifatida ko'rsatishga urinmoqda. Biroq tanqidchilarning fikricha, amerikalik mulozimlar ilgari surayotgan qattiqqo'l va murosasiz choralar muammoni hal qilish o'rniga, muhojirlarni yanada xavfli va qaltis yo'llardan foydalanishga majbur qilmoqda.

Source: www.aljazeera.com