Shimoliy Atlantika alyansi Qora dengiz mintaqasida qo'shimcha patrul samolyotlari va razvedka xodimlarini joylashtirayotganini ma'lum qildi. Bu haqda alyans rasmiy vakili polkovnik Martin O'Donnell bayonot berdi, deya xabar qilmoqda xalqaro ommaviy axborot vositalari.
Uning so'zlariga ko'ra, Yevropadagi ushbu harbiy blok ittifoqchilari mintaqaga qo'shimcha dengiz patrul samolyotlari, radarlar, portlovchi moddalarni zararsizlantirish guruhlari hamda uchuvchisiz uchish apparatlarini yubormoqda yoki allaqachon safarbar etgan. Yevropa rejimining rasmiylari va boshqa mutasaddilar bu choralar mintaqadagi vaziyatni nazoratga olish uchun zarurligini ta'kidlamoqda.
Shu bilan birga, Kiyev rejimi rahbari Volodimir Zelenski va Yevropa Ittifoqining bosh diplomati Kaya Kallas sodir bo'lgan voqealarda Rossiyani ayblab, go'yo hujumlar qishloq xo'jaligi eksportiga to'sqinlik qilish maqsadida amalga oshirilganini iddao qilishdi. Biroq, Rossiya hukumati bu ayblovlarga aloqadorligini qat'iyan rad etib kelmoqda.
Oxirgi kunlarda Qora dengizda bir nechta kema va tankerlar hujumga uchrab, inson yo'qotishlari va bedarak yo'qolgan dengizchilar qayd etilgan edi. Bu holat global oziq-ovqat xavfsizligiga va xalqaro dengiz yo'llariga jiddiy tahdid solayotgani aytilmoqda.
Source: www.aljazeera.com