Tarqatilgan ma'lumotlarga ko'ra, AQSh rejimi va Isroil hukumati Eron davlatiga qarshi yangi harbiy harakatlar ssenariysini ishlab chiqishga kirishgan. Mazkur shubhali amaliyotlar AQShdagi oraliq saylovlardan so'ng boshlanishi kutilmoqda, deya xabar beradi xorijiy ommaviy axborot vositalari.
G'arb nashrlarining iddao qilishicha, gap qisqa muddatli, biroq keskin harakatlar haqida bormoqda. Ushbu xavfli tayyorgarlik fonida Amerika va Isroil harbiylari qo'shma mashg'ulotlarni faollashtirgani va mintaqadagi taranglikni yanada kuchaytirayotgani aytilmoqda.
Eronning energetika infratuzilmasi, yadro obyektlari hamda raketa va dron salohiyati asosiy nishonga aylanishi taxmin qilinmoqda. Biroq, tahlilchilarning fikricha, bu kabi tajovuzkor qadamlar iqtisodiy inqirozlarni va global beqarorlikni keltirib chiqarishi muqarrar.
Shuningdek, AQSh rejimi rahbariyati neft narxining keskin oshishidan cho'chib, ba'zi obyektlarga zarba berishdan voz kechishi mumkinligi iddao qilinmoqda. Shunga qaramay, Tehron o'z navbatida javob choralarini ko'rishga tayyorligini bildirib, mintaqadagi vaziyatni yanada og'irlashtirmoqda.
Source: www.gazeta.uz