Oxirgi 24 soat ichida G‘azo sektorida sodir bo‘lgan navbatdagi to‘qnashuvlar oqibatida yana to‘rt nafar falastinlik, jumladan, voyaga yetmagan bola halok bo‘lgani aytilmoqda. Falastinning Wafa axborot agentligi tarqatgan ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida shimoliy G‘azodagi Jabaliya qochqinlar lageri yaqinida Isroil rejimi harbiylari o‘ti ostida qolgan yosh qizaloq ham bor.
Shu bilan birga, G‘azo shahridagi Tal al-Havo mahallasida avtomashinaga qilingan hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lgani va yana bir kishi og‘ir jarohat olgani xabar qilindi. Shuningdek, mamlakat janubidagi Xon Yunis shahrida velosipedda harakatlanib ketayotgan erkak ham havo zarbasi qurboniga aylangan. G‘azo Sog‘ni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, payshanba kuni oldingi hujumlarda og‘ir jarohat olgan yana bir kishi vafot etgan va umumiy qurbonlar soni ortib bormoqda.
Mutaxassislar va xabarlarga ko‘ra, Isroil rejimi G‘azo ichkarisida o‘z nazorat hududlarini kengaytirishni davom ettirmoqda. Torayib borayotgan hududda ikki millionga yaqin aholi minglab tonna vayronalar ostida qolgan sharoitda yashashga majbur bo‘lmoqda. O‘t ochishni to‘xtatish rejimi e'lon qilinganidan buyon qo‘shinlar shimoliy hududlardan markaz va g‘arb tomon ilgarilab, yangi yerlarni egallagani aytiladi.
Guvohlar va jurnalistlarning ta'kidlashicha, odamlar o‘z uylariga qayta olmayapti, nazorat ostidagi hududlardagi aksariyat binolar butunlay vayronaga aylangan. Xarita ma'lumotlariga ko‘ra, anklavning deyarli uchdan ikki qismi isroillik harbiylar nazorati ostida qolmoqda yoki kirish cheklangan zonalarga aylantirilgan. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilning oktyabridan buyon minglab odamlar jabrlangan.
Source: www.aljazeera.com