Keniya poytaxti Nayrobi shahrida qurilish jarayonida bo'lgan ko'p qavatli bino qulab tushishi oqibatida ko'plab insonlar vayronalar ostida qolgani taxmin qilinmoqda. Fojiada qurbonlar bo'lishi mumkinligi xavotirlarni kuchaytirmoqda.
Hodisa savdo-sotiq qizg'in kechadigan gavjum Istli mahsulida ro'y bergan. Ma'lum qilinishicha, binoning o'ndan ortiq yuqori qavatlari qurilayotgan bo'lgan, quyi qavatda esa savdo do'konlari faoliyat yuritgan.
Mahalliy matbuot tarqatgan xabarlarga ko'ra, fojiadan so'ng tartibsizliklar kelib chiqqan va politsiya olomonni tarqatish uchun ko'zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatishga majbur bo'lgan. Qutqaruv ishlari og'ir sharoitlarda davom etmoqda.
Source: www.aljazeera.com