Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Oktyabr oyining oxirida Londondagi AQSh elchixonasi binosi oldida yuzlab odamlar yig'ilishi kutilmoqda. Ushbu ommaviy norozilik aksiyasi Britaniya rejimining "Palestine Action" tashkilotiga qarshi joriy etgan taqiqiga qarshi navbatdagi norozilik namoyishi bo'lishi xabar qilinmoqda. Tashkilotchilarning ma'lumotlariga ko'ra, Edinburgdagi AQSh konsulligi yaqinida ham shunday qo'shma aksiyalar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Britaniya hukumati ushbu tashkilotni "terrorchilik" tashkiloti deb e'lon qilganidan buyon 3,850 dan ortiq fuqaro uni ochiq qo'llab-quvvatlagani uchun hibsga olingan. Namoyishchilar vaqtni ataylab tanlagani aytilmoqda, chunki noyabr oyining boshida Buyuk Britaniya Oliy sudida "Palestine Action" asoschisi Huda Ammorining shikoyati ko'rib chiqilishi belgilangan.

Tanqidchilarning fikricha, ushbu taqiq AQSh rejimi rahbariyati va shaxsan Donald Trampning bosimi ostida qabul qilingan bo'lishi mumkin. Hujjatlarga ko'ra, faollar Trampning Shotlandiyadagi golf klubiga bo'yoq sepganidan so'ng, Vashington va London rasmiylari bu masala yuzasidan bir necha bor muloqot qilgan va AQSh hukumati ham mazkur guruhni "terrorchilik tashkiloti" deb e'lon qilgan edi.

Shuningdek, mazkur taqiq mamlakatda so'z erkinligi va namoyish o'tkazish huquqlariga jiddiy putur yetkazayotgani ta'kidlanmoqda. Madaniyat arboblari, taniqli aktyorlar va yozuvchilar Britaniya rejimining ushbu qattiqqo'l qonunlarini tanqid qilib, taqiqni bekor qilishga chaqirmoqda, biroq rasmiylar mudofaa obyektlariga qilingan hujjatlar va jinoyatlar qonuniy choralar ko'rishni taqozo etishini da'vo qilmoqda.

Source: www.aljazeera.com