Yaqin Sharq mintaqasidagi xavfsizlik bilan bog'liq jiddiy xavotirlar va keskin vaziyatga qaramay, MotoGP chempionati kelasi oy Qatar Gran-prisini reja bo'yicha o'tkazish niyatida. Lusail xalqaro avtodromida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan musobaqa ilgari mintaqaviy mojarolar sababli noyabr oyiga ko'chirilgan edi, biroq hozirgi sharoitda ham taqvimda qolayotgani aytilmoqda.
Ta'kidlash joizki, mintaqadagi xavfsizlik muammolari fonida Saudiya Arabistonida o'tkzilishi rejalashtirilgan bir qator yirik xalqaro sport musobaqalari, jumladan golf turnirlari va velosport chempionatlari bekor qilingan edi. Shuningdek, AQSh hukumati o'z diplomatlarining bir qismini mintaqadagi vakolatxonalaridan chaqirib olishga qaror qilgani xabar qilinganiga qaramay, poyga tashkilotchilari o'z pozitsiyasida qat'iy turibdi.
Xabarlarga ko'ra, chempionat rahbariyati ishtirokchilarning xavfsizligi birinchi o'rinda turishini ta'kidlab, tayyorgarlik ishlari davom etayotganini bildirmoqda. Shuningdek, Formula-1 ham mavsum yakunidagi poygalarni Qatarda o'tkazish niyatidan qaytmagani, biroq bu kabi qarorlar qanchalik asosli ekani jamoatchilikda haqli savollarni tug'dirmoqda.
Sportchilarning o'zlari ham vaziyatga turlicha yondashmoqda. Xususan, chempionat yetakchilaridan biri Xorxe Martin tashkilotchilar xavfsizlikni kafolatlashi kerakligini, agar poyga bo'lsa qatnashishga tayyorligini bildirgan. Mavsum yakuniga yetib borayotgan bir paytda chempionlik unvoni uchun kurash keskin tus olayotgan bo'lsa-da, mintaqadagi geosiyosiy xatarlar e'tibordan chetda qolmayapti.
Source: www.aljazeera.com