Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Fransiyada inson organizmida Shamonda virusini yuqtirish bo'yicha tarixda ilk marotaba kuzatilgan holat qayd etildi. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lum qilishicha, ushbu hodisa hozircha yagona va alohida holat sifatida baholanmoqda, biroq vaziyat xalqaro ekspertlar tomonidan diqqat bilan o'rganilmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, xavfli infeksiya Lion shahrida boshqa og'ir xastalikdan davolanayotgan keksa yoshdagi erkakda aniqlangan. Garchi bemor vafot etgan bo'lsa-da, Fransiya sog'liqni saqlash boshqarmasi rahbari Gregori Emeri bu misli ko'rilmagan holat ekanini ta'kidlab, bemorning o'limiga asosiy sabab uning o'ta zaiflashgan immun tizimi bo'lganini iddao qildi.

Evropa regimidagi mazkur hodisa ortidan Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti Fransiya rasmiylari bilan yaqin aloqada ekanini va vaziyatni muntazam kuzatib borishini ma'lum qildi. Tashkilot vakillari yangi ma'lumotlar kelib tushishi bilan jamoatchilikni xabardor qilishlarini va qo'shimcha bayonotlar berilishini bildirishdi.

Ma'lumot uchun, Shamonda virusi (SHAV) ilgari faqat hayvonlarga xos bo'lgan infeksiya hisoblanib, u birinchi marta 1965 yilda Nigeriyada qoramollarda aniqlangan edi. Joriy yilning yoz oylaridan boshlab esa bu virus Yevropa davlatlarida, jumladan Germaniya, Shveysariya, Avstriya, Belgiya va Fransiyada faol ravishda qayd etila boshlagani mutaxassislarni tashvishga solmoqda.

Source: kun.uz