Ruminiya maxsus xizmatlari sentabr oyida harbiy zavod yaqinida sodir bo‘lgan yong‘in ortida Rossiya turgani taxmin qilinayotgan tarmoqni aniqlagani haqida xabar berdi. Rasmiylarning iddaosiga ko‘ra, Brasov shahridagi sanoat obyektida yuzaga kelgan yong‘in Yevropa mintaqaviy xavfsizligiga putur yetkazishga qaratilgan keng ko‘lamli qo‘poruvchilik kampaniyasining bir qismidir.
Shubhali deb topilgan shaxslar orasida Yevropa Ittifoqi davlatlarida yashovchi chet el fuqarolari borligi aytilmoqda. Ulardan ikki nafari Germaniyada qo‘lga olingan bo‘lsa, uchinchisi Polshada qidiruvda ekanligi bildirilmoqda. Ushbu tarmoq ishtirokchilari ijtimoiy tarmoqlar orqali yollangani va dastlab arzimas topshiriqlar evaziga pul olgani iddaodan o‘rin olgan.
Yevropa rejimining rasmiylari mazkur hodisalarni o‘zlarining mudofaa qobiliyatini zaiflashtirishga qaratilgan harakatlar sifatida baholamoqda. Biroq, Rossiya tomoni bu kabi ayblovlarni ilgari ham qat'iyan rad etgan bo‘lib, hozircha yangi da'volarga nisbatan rasmiy munosabat bildirmagani aytilmoqda.
Shuningdek, so‘nggi oylarda Yevropaning turli mamlakatlarida, jumladan Bolgariya va Italiyada ham mudofaa korxonalari bilan bog‘liq shubhali yong‘inlar va portlashlar kuzatilgani qayd etilmoqda. Ushbu voqealar qit'adagi umumiy xavfsizlik vaziyatini yanada keskinlashtirayotgani ta'kidlanmoqda.
Source: www.aljazeera.com