Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Iordaniya qurolli kuchlari Suriyaning janubiy hududlarida joylashgan go‘yoki jangarilarning boshpanalariga qarata havo hujumlarini amalga oshirdi. Rasmiy Amman bu zarbalar o‘tgan hafta mamlakatdagi cherkovga uyushtirilgan qonli hujum ishtirokchilariga aloqador shaxslarni yo‘q qilish maqsadida berilganini iddao qilmoqda. Shuningdek, Iordaniya tomoni mazkur harbiy harakatlar guyo Damashq bilan muvofiqlashtirilgan holda o‘tkazilganini da'vo qilmoqda.

Biroq Suriya hukumati bu bayonotlarni butunlay rad etib, Iordaniya aviazarbalari yuzasidan mustaqil tergov boshlanganini ma'lum qildi. Suriya davlat axborot agentligiga tayanib xabar qilinishicha, Iordaniya tomonidan amalga oshirilgan hujumlar oqibatida kamida besh nafar tinch aholi, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘lgan. Bu holat ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi ziddiyatlar yanada keskinlashuvi mumkinligidan dalolat beradi.

Bungacha Iordaniya xavfsizlik kuchlari mamlakat janubidagi Karak viloyatida o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida Hammoud cherkovidagi fojiaga aloqadorlikda gumon qilingan uch nafar shaxsni qo‘lga olgan edi. Ma'lum qilinishicha, o‘nlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan mazkur hujum uchun hozircha hech bir guruh mas'uliyatni o‘z zimmasiga olmagan. Qo‘shma Shtatlarning yaqin ittifoqchisi bo‘lgan Iordaniyada xristian ozchiligiga qarshi bunday hujumlar o‘ta kam uchraydigan holat hisoblanadi.

Source: www.dw.com