Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh rejimining amaldagi rahbariyati Federal qidiruv byurosining (FQB) sobiq direktori Jeyms Komiga nisbatan navbatdagi, uchinchi jinoiy ishni ochishga urinmoqda. Ochilgan yopiq hujjatlardan ma'lum bo'lishicha, Vashington rasmiylari Komini Milliy mudofaa bilan bog'liq ma'lumotlarni noqonuniy tarqatish bilan bog'liq ikkita band bo'yicha ayblamoqda. Prezident Donald Trampning ochiq tanqidchisi bo'lgan Komi esa o'ziga nisbatan bildirilgan barcha da'voni rad etib, buni siyosiy qasos olish kampaniyasi deb atamoqda.

Prokurorlarning da'vo qilishicha, Komi o'z vaqtida FQB xodimlariga milliy ommaviy axborot vositalariga maxfiy ma'lumotlarni sizdirishni buyurgan. Oxirgi qo'yilgan ayblovlar 2016-yil 5-oktyabrda chop etilgan New York Times maqolasiga taalluqli bo'lib, unda Yahoo elektron pochtasi terrorchilik tashkilotiga aloqador kompyuter imzosi bo'yicha trafikni tekshirishga majbur qilingani yozilgan. Komining himoyachisi Pat Fitsjerald bu ayblovlarni mutlaqo asossiz deb atab, hukumat bu masalani o'n yil oldin ham ikki marta tekshirgani va hech qanday jinoyat topmaganini eslatib o'tdi.

Shuningdek, huquqshunos prokuratura oddiy hakamlar hay'ati roziligisiz, sudyaning tasdiqisiz to'g'ridan-to'g'ri "jinoiy ma'lumotnoma" kiritish orqali qonunbuzarlikka yo'l qo'yganini ta'kidladi. Ushbu ish Vashingtondagi federal sudya, Tramp tomonidan tayinlangan Trevor Makfadden nazorati ostida ko'rib chiqilmoqda. Ekspertlar mazkur jarayon AQSh siyosiy tizimidagi chuqur ziddiyatlar va adliya tizimining siyosiylashib borayotganidan dalolat berishini qayd etishmoqda.

Jeyms Komi o'z navbatida Substack platformasida e'lon qilgan videomurojaatida Adliya vazirligidan bunday suiiste'molliklar dahshatli ekanini, biroq u o'zining aybsizligiga ishonishini va qo'rqmasligini bildirdi. Eslatib o'tamiz, Tramp 2025-yil boshida ikkinchi muddatga kirishganidan beri o'zining asosiy siyosiy raqiblarini, jumladan Komini qat'iy ta'qib qilish siyosatini yuritib kelmoqda. Sobiq FQB direktori oldinda yana og'ir yillar kutayotgani va bosimlar davom etishini taxmin qilmoqda.

Source: www.aljazeera.com