Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

«Bavariya» klubining 33 yaşli hujumçisi Harri Keyn öz faoliyatida ilk bor nufuzli «Oltin töp» mukofotini qölga kiritdi. U ötgan mavsumda klub va milliy jamoa safida jami 73 ta gol urib, haqli ravişda taqdirlandi va sönggi 25 yil içida ushbu sovringa loyiq körilgan ilk ingliz futbolchisiga aylandi.

Londondagi «Palladium» teatrida ötgan marosimda Keyn sovrinni afsonaviy Ronaldo Nazariodan qabul qilib oldi. Uning sahnadagi hayajoni yaqqol sezilib, tashkilotçilar, jurnalistlar hamda jamoadoşlariga minnatdorçilik bildirdi. Şuningdek, myunxenliklar ustozi Vensan Kompani va Angliya milliy jamoasining rahbari Tomas Tuxelga alohida to'xtalib ötdi.

Shu bilan birga, mukofotning taqsimoti barchada birdek xursandchilik uyg'otmadi va tanqidlarga ham sabab bo'ldi. Xususan, ovoz berish natijalariga köra uchinchi örinni egallagan Lamin Yamalning amakisi sovrinning adolatli berilganiga şubha bildirib, tanqidiy fikrlarni aytdi.

Keyn ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida «Jimgina mehnat qilişda davom et. Muvaffaqiyat sening şovqining bölsin», deb yozib qoldirdi. Kuzatuvchilar bu jumlani uning asosiy raqobatchilari Kilian Mbappe va Lamin Yamalga qaratilgan işora sifatida baholamoqda.

Source: kun.uz