Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

️ Eronning Oʻzbekistondagi elchisi Muhammad Ali Iskandari Toshkentda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida AQSh va Isroilning Eron hududiga qilgan hujumini qattiq qoraladi. Uning soʻzlariga koʻra, bu hujum xiyonatdir, chunki u toʻsatdan amalga oshirilgan, shu paytda muzokaralar davom etayotgan va AQSh vitse-prezidentining mintaqaga kelishi kutilayotgan edi. Iskandari shuningdek, Eron hech qanday davlatdan yordam soʻramaganini va oxirigacha kurashishini taʼkidladi.

️ Elchi oʻz nutqida bu urushning AQSh va Isroilga emas, balki butun bir dunyoqarashga qarshi ekanligini aytdi. U: "Men faxr bilan aytishim mumkinki, biz hech qanday davlatdan yordam soʻramadik. Biz oʻzimizni himoya qilish kuchiga egamiz deb hisoblaymiz. Hozir biz Amerika va Isroil bilan emas, dunyoqarash bilan urushmoqdamiz. Yaʼni hamma narsani oʻzlashtirmoqchi boʻlgan dunyoqarashga qarshi kurashmoqdamiz. Biz, albatta, qiyinchiliklarga duch kelamiz, lekin ularni yengib chiqamiz", dedi.

️ Iskandari urushdagi insoniy yoʻqotishlar haqida soʻralganda, Eronning AQSh, Isroil va butun Gʻarb koalitsiyasi bilan kurashayotganini taʼkidladi. U Isroilning aholini tezda boshpanalarga koʻchirish tizimini tashkil etgani, bu esa ularning yoʻqotishlarini kamaytirganini, ammo Eronda koʻproq odamlar halok boʻlayotganini aytdi. Elchi: "Masalan, ular yaqinda Isroilga 50 milliard dollarlik yordam koʻrsatdilar. Faqat AQShning yillik harbiy byudjeti butun mamlakatimiz byudjetidan bir necha baravar koʻp. Agar biz butun Eron boʻylab aholini himoya qilish uchun boshpana qursak ham, hammasini qamrab ola olmas edik. Hozirgi hujumlar paytida eron xalqi uylarida yashirinish oʻrniga, koʻchalarga chiqib norozilik bildirmoqda. Ularning uylari yomon emas, albatta, u erda oʻtirish koʻchada boʻlishdan xavfsizroq. Lekin ular huquqlarini talab qilish uchun chiqmoqda", dedi.

️ Elchi, shuningdek, Oliy rahbar Ali Xomeneyining oʻldirilishi haqida gapirdi va bu harakatning hech qanday huquqiy meʼyorlarga mos kelmasligini taʼkidladi. U rahbarlarning immunitetga ega boʻlishi kerakligini, ammo dushman buni hisobga olmaganini aytdi. Iskandari Xomeneyning juda oddiy uyda yashaganini va saroylarga koʻchishdan bosh tortganini qoʻshimcha qildi: "Bizning oliy rahbarimiz 37 yil davomida bir xil joyda ishladi. Uning turar joyi ham oʻsha erda edi, agar koʻrgan boʻlsangiz – bu juda oddiy uy. Unda hech qanday murakkab inshootlar yoʻq edi. U juda kamtarona yashadi. Bizning tuzumizning mafkurasi millat rahbarlari uchun hashamatli saroylar va oddiy xalq uchun kulbalarni nazarda tutmaydi – bu bizga mos kelmaydi. Islom inqilobidan oldin Eronda koʻplab saroylar bor edi, ularda hukmdorlar va yuqori tabaqa vakillari yashar edi. Ammo bizning rahbarimiz ularning hech biriga koʻchmadi. Bizning oldingi rahbarimiz ham shunday edi. Bu bizning mafkuramiz. Bundan tashqari, biz shahidlikni yomon narsa deb hisoblamaymiz. Albatta, biz harakat qilamiz, lekin agar shahid boʻlish holati yuzaga kelsa, biz buni faxr bilan qabul qilamiz, bunday oʻlimni sharaf deb hisoblaymiz. Ali Xomeneyi butun oilasi bilan shahid boʻldi. Va bu bizning xalqimiz uchun tushunarsiz narsa emas edi", dedi.

️ Matbuot anjumanida, shuningdek, Oʻzbekiston va Qozogʻiston prezidentlarining mintaqadagi harbiy mojaro boshlanganidan keyin harbiy bazalar boʻlgan arab davlatlariga hamdardlik bildirgani, shuningdek, Eron elchixonasining Shavkat Mirziyoyevning Ali Xomeneyi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgani haqida xabar berildi. Iskandari oʻzbek xalqi va rasmiy Toshkentning Eronga birdam ekanligiga ishonch bildirdi.

Source: kun.uz