O‘zbekistonda Kia kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan bolalar tanlovi yakunlandi. Tanlov davomida 10-14 yoshli bolalar futbolga bo‘lgan muhabbat, orzulari va o‘ziga ishonch haqida qisqa videolar yaratib, o‘z hikoyalarini baham ko‘rdilar. Ba'zilari futbol mahoratini, ba'zilari aktyorlik qobiliyatini, boshqalari esa futbol nima uchun ular uchun oddiy o‘yindan ko‘ra ko‘proq ma'noga ega ekanligini ochiqdan-ochiq aytib berdi.
Har bir video nafaqat ijodiy ish, balki shaxsiy hikoya edi – oila qo‘llab-quvvatlashi, o‘zini namoyon qilish jasorati va bolalarga xos bo‘lgan imkonsiz narsalar mumkin degan ishonchni aks ettirdi. Tanlov g‘olibi 11 yoshli Nukuslik Jahongir Sodiqov (@djaha_ili_djoha) bo‘ldi. Uning videosi eng ko‘p ball to‘pladi va hakamlar hay’ati fikriga ko‘ra, tanlov ruhini – samimiy, jonli va haqiqiy – boshqalarga qaraganda kuchliroq yetkazdi.
Ishlarni Kia Uzbekistan vakillari, Kia Rossiya va MDH prezidenti va bosh direktori Jaewoo Yim, shuningdek, O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi muxlislar klubi raisi Abdurahmon Fazilov baholadi. Baholashda nafaqat ijodkorlik va ijro sifati, balki hissiyot, futbol bilan bog‘liqlik va bolaning mustaqilligi ham e‘tiborga olindi. G‘olib ismi 15 mart kuni @kia__uzbekistan Instagram-sahifasida jonli efirda e‘lon qilindi, bu yuzlab ishtirokchilar va tomoshabinlar uchun tanlovning eng yuqori nuqtasi bo‘ldi.
Endi Jahongirni AQShga sayohat kutmoqda, u erda u 2026 yilgi FIFA Jahon chempionati o‘yinlarini tomosha qiladi va 2026 yil 23 iyunda Xyustonda maydonga chiqadi – endi u tomoshabin emas, balki global futbol tadbirining bir qismi bo‘ladi. Bu tanlov oddiy, lekin muhim fikrni eslatadi: katta voqealar kichik orzulardan boshlanadi!
Source: kun.uz