Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston bo‘yicha hafta oxirida, 3-4 aprel kunlari, beqaror ob-havo kuzatilishi kutilmoqda. Respublikaning bir qator hududlarida yomg‘ir va momaqaldiroq yog‘ishi, shuningdek, shamol kuchayishi mumkin. Tog‘li va tog‘ oldi rayonlarida, ayniqsa janubda, sel va toshqin xavfi saqlanib qoladi, tog‘larda esa qor ko‘chkisi xavfi yuqori darajada.

Shanba kuni, 4 aprelda, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari, Farg‘ona vodiysi, shuningdek respublika janubidagi tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir va momaqaldiroq yog‘ishi kutilmoqda. Qolgan hududlarda esa yog‘in kutilmaydi, havo harorati 20-25 daraja oralig‘ida bo‘ladi.

Yakshanba kuni respublika bo‘yicha qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq yog‘ishi mumkin. Shimol, janub va cho‘l zonalarida shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li rayonlarda sel-to‘shqin hodisalari, tog‘larda esa qor ko‘chkisi xavfi saqlanib qoladi.

Toshkent shahrida shanba kuni vaqt-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq va shamolning 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Tunda harorat 15-17 daraja, kunduzi esa 19-21 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Yakshanba kuni tunda va ertalab yomg‘ir va momaqaldiroq yog‘ishi mumkin, kunduzi esa yog‘in kutilmaydi, harorat tunda 13-15 daraja, kunduzi 22-24 daraja oralig‘ida bo‘ladi.

Source: podrobno.uz