Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

26-aprel kuni Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qism va muassasalarda muddatli harbiy xizmatga yangi chaqirilgan harbiy xizmatchilarning Vatanga qasamyod keltirish marosimlari bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahridagi “Vatanga qasamyod” majmuasida o‘tkazilgan tadbirda mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Zaynobiddin Iminov ishtirok etdi va mudofaa vazirining tabrigini o‘qib eshittirdi.

Tadbirlarda harbiy prokuratura, jamoatchilik kengashi a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda harbiy xizmatchilarning ota-onalari ishtirok etdi. Marosim davomida harbiy xizmatchilarga prezident sovg‘asi sifatida kitoblar jamlanmasi topshirildi.

Hududlarda bo‘lib o‘tgan marosimlarda viloyat rahbarlari ham ishtirok etdi.

Source: www.gazeta.uz