Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Britaniyalik bokschilar Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasidagi uzoq kutilgan jang nihoyat kelishib olindi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Bosh ko‘ngilochar boshqarmasi raisi Turki al-Shayx ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

«Mening Buyuk Britaniyadagi do‘stlarim, bu jang bo‘lib o‘tadi. Shartnoma imzolandi», deb yozdi u. Ushbu jang Britaniya boks tarixidagi eng ulug‘vor jang sifatida baholanmoqda.

The Ring jurnali jurnalisti Mayk Koppingerning so‘zlariga ko‘ra, jang 2026 yilning to‘rtinchi choragida, ya’ni oktyabrdan dekabrgacha bo‘lib o‘tadi. U bu jangni «Britaniya boks tarixidagi eng buyuk jang» deb atadi.

37 yoshli Tayson Fyuri WBA, WBO, IBO, IBF va WBC chempionlik kamarlariga ega bo‘lgan. Uning hisobida 35 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat va 1 durang bor.

36 yoshli Entoni Joshua esa IBF, WBA, WBO va IBO chempioni bo‘lgan. Professional ringda u 29 g‘alaba va 4 mag‘lubiyatga uchragan.

Source: kun.uz