Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumaniga Rasuljon Jo‘rayev hokim etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA axborot tarqatdi.

Rasuljon Jo‘rayev 1973-yilda Rishton tumanida tug‘ilgan. U 2000-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislar institutini tamomlagan.

2017-yildan to tayinlovga qadar u Beshariq tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Yangi lavozimda u O‘zbekiston tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun mas’ul bo‘ladi.

Source: www.gazeta.uz