Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) FIFA prezidenti Janni Infantinoning 2027-yilda bo‘lib o‘tadigan saylovda to‘rtinchi muddatga nomzodini qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi.
Vankuverda bo‘lib o‘tgan FIFA Kongressi oldidan o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng CAF o‘z bayonotida Infantinoni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida “bir ovozdan kelishib olganini” ma’lum qildi.
Infantino 2016-yilda FIFA rahbari lavozimini o‘zidan oldingi Sepp Blatterning iste’fosiga sabab bo‘lgan korrupsiya mojarosidan so‘ng egallagan edi. U 2019 va 2023-yillarda qayta saylangan.
FIFA nizomi prezidentni uch muddat bilan cheklagan bo‘lsa-da, Infantinoga 2025-yilda qayta saylanishga ruxsat berilgan. Sababi, uning 2016-2019-yillardagi birinchi to‘liq bo‘lmagan muddati umumiy hisobga kiritilmaydi.
CAFning bu qarori aprel oyida Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi CONMEBOLning ham Infantinoni qo‘llab-quvvatlash va’dasidan so‘ng yuz berdi.
Source: www.aljazeera.com