O‘zbekistonga ta’lim olish maqsadida kelayotgan xorijiy fuqarolar soni keskin oshdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida respublikaga 15 124 nafar xorijiy fuqaro o‘qish uchun kelgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,5 ming kishiga yoki 2,3 barobarga ko‘pdir. Eng ko‘p talabalar Turkmanistondan kelgan – 7,1 mingdan ziyod. Shuningdek, Hindistondan 2,8 ming, Tojikistondan 1,1 ming, Xitoydan 641, Qirg‘izistondan 483, Pokistondan 438, Misrdan 353, Janubiy Koreyadan 342, Filippindan 286 va AQShdan 191 nafar talaba kelgan.
Qolgan davlatlar jami 1,2 mingdan ortiq talaba bilan hissa qo‘shgan. Eslatib o‘tamiz, 2025-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘qish uchun deyarli 40 ming xorijiy fuqaro bo‘lgan.
Source: podrobno.uz