Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tegishli farmonni imzoladi, unga ko‘ra Buyuk Britaniya fuqarolari, marhum Jon va Fillis Emili Le Bretonlar “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ikkinchi jahon urushi yillarida Jersi orolidagi fashistlar konslageridan qochib chiqqan o‘zbekistonlik askar Boqijon Akramovga Le Bretonlar o‘z uylaridan joy berib, uning hayotini saqlab qolgan.

Ushbu jasoratli harakat insonparvarlik, jasorat va ezgulikning yuksak namunasi sifatida baholandi. Shuningdek, ular dunyo xalqlari o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va birodarlik g‘oyalarini targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shgani ta’kidlandi.

Jon va Fillis Emili Le Bretonlar vafot etgan bo‘lsa-da, ularning xotirasi va qahramonliklari O‘zbekiston tomonidan yuksak qadrlanib, ushbu orden bilan abadiylashtirildi.

Source: www.gazeta.uz