Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi choragida 42,3 ming nikoh qayd etilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Statistikaga ko‘ra, kelinlarning aksariyati 30 yoshgacha bo‘lgan ayollardir. Xususan, 20 yoshgacha bo‘lgan kelinlar soni 15 mingga yaqin, 20-30 yosh oralig‘idagilar 22 mingdan oshiq, 31-40 yoshdagilar esa 3,7 mingni tashkil etgan.

Shuningdek, 40 yoshdan oshgan 1,2 mingdan ziyod ayol turmush qurgan. O‘tgan yili esa 155 nafar qiz erta yoshda turmushga chiqarilgan.

Source: podrobno.uz