Angliyaning Manchester shahrida bo‘lib o‘tgan professional boks kechasida ikki karra Olimpiya chempioni Baxodir Jalolov o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Jalolov ringga xorvatiyalik Agron Smakichiga qarshi chiqdi va 8-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi. Bu uning professional faoliyatidagi 18-jang va 18-g‘alaba bo‘ldi.
Shuningdek, yana bir o‘zbekistonlik bokschi, jahon chempioni Javohir Ummataliyev ham erta g‘alabaga erishdi. U polshalik Damian Drabikni 2-raundda nokaut qildi.
Ikkala bokschining ham muvaffaqiyati O‘zbekiston boks maktabining yuqori saviyasini yana bir bor tasdiqladi.
Source: kun.uz