Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Qoraqalpog‘iston delegatsiyasining Afg‘onistonga tashrifi chog‘ida “Tolibon” harakati vakillari bilan 100 million dollardan ortiq qiymatdagi 13 ta savdo shartnomasi imzolandi.

Afg‘oniston ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, hujjatlar Kobulda imzolanib, keng ko‘lamli yo‘nalishlarni qamrab olgan. Xususan, un ishlab chiqarish korxonasini qurish, un yetkazib berish, shuningdek, sement, neft va makaron mahsulotlarini import qilish ko‘zda tutilgan.

Afg‘oniston tomoni esa hamkorlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari – olma, anor, kartoshka va zira eksport qilishni rejalashtirmoqda.

Iqtisodiy aloqalarning faollashuvi Afg‘onistonning Pokiston bilan munosabatlari keskinlashgani va bir qator chegara o‘tish punktlarining yopilgani fonida ro‘y bermoqda. Bu afg‘on tomonini Markaziy Osiyoda yangi savdo yo‘nalishlari va hamkorlar izlashga undamoqda.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonni iqlim, ekologiya va qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikka jalb qilishni taklif qilgandi.

Source: podrobno.uz