O‘zbekistonlik tennischi Mariya Timofeeva Istanbulda yakunlangan WTA 125 seriyali turnirning asosiy sovrinini qo‘lga kiritdi. U final uchrashuvida xorvatiyalik tajribali tennischi Donna Vekichni mag‘lub etdi.
Final bahsi 6:4, 6:2 hisobida yakunlandi. Timofeeva raqibiga nisbatan ishonchli o‘yin namoyish etib, turnirning eng yuqori mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil oktabr oyida rossiyalik tennischi Mariya Timofeeva sport fuqaroligini o‘zgartirgan va hozirda xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda.
Source: podrobno.uz