Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentning Olmazor tumanida yashovchilar loyihada ko‘zda tutilgan terassa o‘rniga uy tomida og‘ir va yengil materiallardan noqonuniy inshootlar qurdilar. Bu holat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida aniqlandi.

Tekshiruvga asos Qoraqamish 1/2 massividagi "Islom ota" mahallasi aholisining murojaati bo‘ldi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday qurilmalar binoning seysmik barqarorligiga va umumiy xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Tekshiruv yakunida mulkdorlarga noqonuniy inshootlarni majburiy demontaj qilish haqida ko‘rsatma berildi. Belgilangan muddatda talab bajarilmasa, ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, jismoniy shaxslar uchun jarima 50 BRV (20,6 million so‘m), yuridik shaxslar uchun esa 100 BRV (41,2 million so‘m) miqdorida belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda ikki fuqaro uylari tomida basseyn qurgan va ularning inshootlari shaharsozlik me’yorlarini buzgan deb topilgan edi.

Source: podrobno.uz