Azizbek Toshtemirov, Migratsiya agentligida bo'lim boshlig'i bo'lib ishlagan, firibgarlikda ayblanmoqda. Uning nomi Interpol saytida "qizil xabarnoma" bilan qidiruvga berilgan.
Toshtemirovning ismi 2023-yilda Kun.uz tomonidan Koreyaga ish yuborishdagi korrupsion sxema haqidagi tergovda tilga olingan. Videoyozuvlarda u imtihonlarda nomzodlarni almashtirishni tashkil qilgani, o'z tanishlarini boshqa odamlar o'rniga kiritgani ko'rinadi.
14-may kuni Bosh prokuratura huzuridagi departament Migratsiya agentligining sobiq amaldorlari ishtirokida jinoyat guruhi fosh etilganini ma'lum qildi. Ular Koreyaga ishlash uchun ketmoqchi bo'lganlardan rasmiy to'lovlardan tashqari 7-12 ming dollar yig'ib olgan — umumiy summa 90 million dollarga yetishi mumkin.
Azizbek Toshtemirovning ushbu jinoyat guruhi bilan aloqasi hozircha tasdiqlanmagan.
Source: kun.uz