Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 100 nafar vatandoshimiz “Prezident haj” dasturi doirasida bepul haj safariga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

Diniy idora raisining birinchi o‘rinbosari Xomijon Ishmetbekovning ta’kidlashicha, guruh tarkibiga turli soha vakillari kiritilgan bo‘lib, tanlov belgilangan tartib asosida o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2 may kuni Toshkentda 2026 yil mavsumida haj amallarini bajarish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgan birinchi guruh ziyoratchilarni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Vatandoshlarimizni kuzatish tantanali tadbiri poytaxtdagi “Novza” masjidi hududida tashkil etilgan.

Source: podrobno.uz