Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston avtobozorida elektromobillar taklifi o‘sib bormoqda. So‘nggi olti oy ichida Lacetti va Cobalt narxlari o‘zgarmagan yoki pasaygan. Malibu va Tracker narxlari esa beqarorlikni ko‘rsatmoqda.

Makroiqtisodiy va mintaqaviy tadqiqotlar instituti (IMRI) mutaxassislari ikkilamchi avtomobil bozoridagi narx o‘zgarishlarini tahlil qildi.

Bir yil ichida elektromobillarning umumiy taklifdagi ulushi 2024-yil iyunidagi 5,4% dan 2026-yil aprelida 10% gacha oshdi. Mahalliy avtomobillarning ulushi esa 53,7% dan 47% gacha kamaydi.

Aprel oyida takliflar soni mart oyiga nisbatan 18,6% ga kamaydi, biroq o‘tgan yilning apreliga nisbatan 59,6% ga ko‘p bo‘ldi.

Mashhur mahalliy avtomobillar narxlari barqarorligicha qolmoqda. Kam yurgan Cobaltning median narxi taxminan 12 900 dollarni tashkil etadi, Onix esa 14 800 dollargacha qimmatlashdi. Ayrim Damas, Labo va Nexia modellari esa arzonlashdi.

Xorijiy avtomobillar segmentida turli yo‘nalishdagi dinamika kuzatilmoqda. Kam yurgan ayrim Chery va Kia modellari arzonlashgan bo‘lsa, ishlatilgan lyuks-segment Carnival va Sorento modellari qimmatlashdi.

Elektromobillar narxlari: BYD Seagull — 15,5–16 ming dollar, BYD Yuan Up — 20–21,5 ming dollar, BYD Chazor — 20,5–22 ming dollar.

Tahlil OLX platformasidagi ochiq e’lonlar asosida tayyorlangan.

Source: kun.uz