Farg‘ona viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bojxona va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan maxsus operatsiya natijasida yirik miqdordagi giyohvand moddalarni sotish kanali to‘sib qo‘yildi.
Uchko‘prik tumanida 24 yoshli Qo‘qon fuqarosi boshqarayotgan Cobalt rusumli avtomobil to‘xtatildi. Mashina salonini ko‘zdan kechirish chog‘ida tezkor xodimlar 4 kg 41 gramm nasha moddasini topdilar.
Keyingi tadbirlar davomida ushlangan shaxsning yashash joyidan yana 867 gramm shu turdagi giyohvandlik vositasi topildi. Tergovga qadar tekshiruv natijasida musodara qilingan nasha partiyasi haydovchining 1980 yilda tug‘ilgan amakisiga tegishli ekani aniqlandi. Taqiqlangan moddalar O‘zbekiston hududiga qo‘shni respublikadan olib kelingan. Giyohvand savdogarlari qarindoshlar qo‘lga olindi.
Ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) va 273-moddasi (giyohvandlik vositalarini noqonuniy sotish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.
Source: podrobno.uz