O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi.
Juma kunduzi respublika bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo kutilmoqda. Havo harorati +30…+35 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +37…+39 darajagacha bo‘ladi.
Shanba kuni faqat Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Yakshanba kuni esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
Havo harorati asosan kechalari +17…+22 daraja, kunduz kunlari +32…+37 daraja, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +39…+41 darajagacha bo‘ladi.
15−16-mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 17-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 20−22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 15−17-may kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida juma va shanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16-mayda kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +32…+34 daraja bo‘ladi. Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +34…+36 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi, 16-mayda 10−12 m/s gacha kuchayishi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Source: www.gazeta.uz