Toshkentda boks bo‘yicha Osiyo chempionati (U15) yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi eng yaxshi natijani ko‘rsatib, 13 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Jamoa umumiy hisobda 27 ta medal bilan birinchi o‘rinni egalladi. Bu mamlakat boksidagi yuksalishni yana bir bor isbotladi.
Oltin medal sohiblari: Fayozbek Noraliyev (37 kg gacha), Jasurbek Xayrullayev (40 kg gacha), Mansurbek Abduhamitov (46 kg gacha), Sardorbek Omonboyev (49 kg gacha), Javohir Ne’matjonov (52 kg gacha), Samandar Juraboyev (64 kg gacha), Ibrohim Mirzakarimov (70 kg dan yuqori), Odina Yusupova (33 kg gacha), Sarvinoz Zoirova (35 kg gacha), Zebiniso Abdullayeva (49 kg gacha), Bahora Mahmudjonova (55 kg gacha), Malika Ulug‘bekova (64 kg gacha) va Zahro Daniyarova (70 kg dan yuqori).
Kumush medalni Boburmirzo Murodov, Abdulloh Karimjonov, Azizbek Egamberganov, Ulmasbek Satimov, Ominaxon Nosirova, Muqaddas Zokirova, Shahona Mullajonova va Xonzodabegim Baratova qo‘lga kiritdi.
Bronza medal sohiblari: Shamshed Komilov, Adizbek Ilhombekov, Bobur Niyozov, Sarvinoz Riskulova, Nargiza Serikbayeva va Zuhra Ismoilova.
Avvalroq, Buyuk Britaniyaning Manchester shahridagi Co-op Live arenasida o‘tgan professional boks kechasi o‘zbekistonlik sportchilarning g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Asosiy voqea – og‘ir vazn toifasidagi Baxodir Jalolovning xorvatiyalik Agron Smakichiga qarshi jangi bo‘ldi.
Source: podrobno.uz