O‘zbekiston Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi farmoniga ko‘ra, 2026-yilda Qurbon hayiti 27-may, chorshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Shu munosabat bilan 28–29-may (payshanba va juma) kunlari barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni deb e’lon qilindi.
30-may, shanba kuni esa olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi. Besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun bu kun odatdagi dam olish kunidir. 31-may, yakshanba esa barcha uchun odatdagi dam olish kuni.
Natijada, may oyining oxirida ish haftasi turidan qat’i nazar, barcha fuqarolar ketma-ket 5 kun dam olishadi: 27-may (Qurbon hayiti), 28-29-may (qo‘shimcha dam olish), 30-may (qo‘shimcha yoki odatdagi dam olish) va 31-may (odatdagi dam olish).
Yurist Xushnudbek Xudoyberdiyevning hisob-kitobiga ko‘ra, 2026-yil may oyida besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar jami 14 kun, olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar esa 10 kun dam olishadi. U bu oyni so‘nggi yillardagi eng ko‘p dam olish kunlariga ega oy deb atadi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, yaqin yillarda bunday uzoq dam olish davri kutilmaydi, bu esa fuqarolar uchun noyob imkoniyatdir.
Source: kun.uz