Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi xususiy “Parvoz” maktabining 8-sinf o‘quvchisi Dilbar Abdusamatova xalqaro miqyosda yuqori natija ko‘rsatdi. U standartlashtirilgan SAT imtihonida 1430 ball to‘pladi va bir vaqtning o‘zida ingliz tilidan B2 darajali sertifikat oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, imtihonning maksimal bali 1600 bo‘lib, 1400 dan yuqori ko‘rsatkich juda yuqori hisoblanadi. Bu natija o‘quvchiga xorijiy nufuzli universitetlarga grant asosida kirish va O‘zbekistonning bir qator oliy ta’lim muassasalarida ham hisobga olinish imkoniyatini beradi.
Shu maktabning boshqa o‘quvchilari ham yuqori natijalarni qayd etdi. Suhrobek Sobirov SAT imtihonida 1390 ball, 10-sinf o‘quvchilari Valijon Obidov va Behzod Farxodov esa mos ravishda 1340 va 1260 ball to‘pladi.
Xalqaro standartlashtirilgan SAT testi an’anaviy ravishda AQSh va dunyoning ko‘plab boshqa mamlakatlari universitetlariga abituriyentlarning akademik tayyorgarligini baholash uchun qo‘llaniladi. Ushbu imtihon matematika, matnli ma’lumotlarni tahlil qilish va yozish ko‘nikmalari bo‘yicha bilimlarni tekshiradi.
Source: podrobno.uz