Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 17−18-may kunlari Boku shahrida amaliy tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston yetakchisi BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi (UN-Habitat) shafeligida o‘tkazilayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasining Yetakchilar sammitida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.

Forum asosan shaharlarni barqaror rivojlantirish, arzon uy-joy bilan ta’minlash, shahar muhiti sifatini oshirish, iqlim barqarorligi va uy-joyni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish kabi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan.

Tashrif doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu O‘zbekistonning xalqaro hamkorlikni kengaytirish va global urbanizatsiya jarayonlarida faol ishtirok etishga intilishini ko‘rsatadi.

Source: www.gazeta.uz