Hindistonning Gandinagar shahrida yakunlangan Osiyo og‘ir atletika chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq medallar to‘plamini qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning so‘nggi kunida 110 kilogrammdan ortiq vazn toifasida chiqish qilgan Amir Abdullayev dast ko‘tarishda 189 kilogrammni ko‘tarib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Umuman olganda, olti nafar sportchidan iborat O‘zbekiston terma jamoasi bir oltin, to‘rt kumush va bir bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Misrdagi o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar bir kumush va uchta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Source: podrobno.uz