Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Surxondaryo viloyati Angor tumanida yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari to‘y korteji ishtirokchilarining xavfli harakatlarini aniqlab, ularga nisbatan chora ko‘rdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda kortej haydovchilari yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani, yo‘lovchilar esa harakatlanayotgan mashinadan tashqariga chiqib olishgani aks etgan.

YHXB xodimlari huquqbuzarlarni topib, ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rdi. Haydovchilarning o‘zlari qilmishlari yo‘l harakati madaniyatiga zid ekanini tan olib, tegishli xulosalar chiqarganliklarini bildirishdi.

Source: kun.uz