Namangan viloyatining Pop tumani tog‘li hududida ruxsatnomasiz ishlagan ekstremal attraksionlar – ziplaynlar va osma ko‘priklar demontaj qilindi.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, MChV va aholi hamda hududlarni muhofaza qilish uchun mas’ul tashkilotlar mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi Pop tumani tog‘li hududidagi attraksionlarning texnik holatini tekshirishni o‘tkazdi.
Tekshirish davomida tashrif buyuruvchilar hayotiga xavf tug‘diruvchi, loyiha hujjatlari va foydalanishga ruxsatnomasi bo‘lmagan ob’ektlar aniqlandi. Ularning faoliyati to‘xtatildi, so‘ngra konstruksiyalar demontaj qilindi.
Bunday ob’ektlarni tekshirish Angren yaqinida ziplaynda tushish vaqtida ikki kishi havoda to‘qnashib ketgan hodisadan so‘ng boshlandi. Keyinchalik attraksion noqonuniy o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi. Keyinchalik u demontaj qilindi.
Source: kun.uz