O‘zbekistonga 2026-yilning yanvar-aprel oylarida 4 milliondan ortiq xorijiy turist tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 30 foizga ko‘pdir.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, dastlabki to‘rt oyda mamlakatga 4 048 617 nafar xorijiy sayyoh kelgan. Bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 930,8 ming kishiga yoki 29,9 foizga ko‘pdir.
Eng ko‘p turistlar qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan. Yetakchi Qirg‘iziston bo‘lib, undan 1 141 581 kishi O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Uchlikka Tojikiston (965 488 kishi) va Qozog‘iston (935 003 kishi) kirgan. Keyingi o‘rinlarda Rossiya (341 842), Afg‘oniston (161 537), Xitoy (132 240), Turkmaniston (108 433) va Turkiya (57 686) joylashgan.
Eng kam turist oqimi Hindiston (16 057) va Janubiy Koreyadan (12 145) qayd etilgan. O‘sish xalqaro aviaqatnovlar kengayishi, viza rejimining soddalashtirilishi va ichki turizm infratuzilmasining rivojlanishi bilan bog‘liq.
Source: podrobno.uz