Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva London bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Buyuk Britaniya Bosh vazirining investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Varun Chandra va Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha savdo elchisi lord Jon Olderdays bilan muzokara olib bordi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va Britaniya kapitalining O‘zbekiston bozorida kengayishi bo‘ldi.

Tomonlar O‘zbekiston milliy investitsiya fondi UzNIFning jahon moliya bozorlariga muvaffaqiyatli chiqishini batafsil muhokama qildi. Muzokaralar ishtirokchilari Buyuk Britaniya ishbilarmon doiralarining O‘zbekiston investitsiya salohiyatiga qiziqishi ortib borayotganini qayd etdi.

Hozirgi kunda Britaniya investitsiyalari hajmi 1 milliard dollardan oshgani ta’kidlandi. Tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish va O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarida yangi qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoit yaratishga o‘zaro manfaatdorlik bildirdi.

Source: podrobno.uz