Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentning Qo‘yliq massivida profilaktika inspektori hududni aylanib chiqish chog‘ida ariq bo‘yida o‘tirgan yigitni payqab qolgan. Tekshiruv vaqtida uning sumkasidan 36 ta kukun moddasi solingan paketchalar topilgan.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 24 yoshli talabasi Instagram’dagi reklama orqali noma’lum shaxslar bilan bog‘lanib, oson pul topish maqsadida giyohvand moddalarni “zax” usulida tarqatishga kirishgan. Unga Telegram orqali joylashuv koordinatalari yuborilgan.

Qo‘lga olingan kuni u 14 ta manzilga paketlarni joylab ulgurgan. Tekshiruv davomida uning telefonida yangi joylashuvlar topilgan va barcha 14 ta manzildan giyohvand moddalar olib qo‘yilgan. Hozirda tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda.

Talaba aybini tan olib, pushaymonligini bildirgan. “Oson pul orqasidan quvish – xato. Ota-onangiz haqida o‘ylang”, degan u boshqalarga murojaat qilib.

Eslatib o‘tamiz, avval Buxoro viloyatida ikki yigit sintetik giyohvand moddalarni tarqatgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Qorovulbozor tumani jinoyat ishlari sudi tomonidan hukm chiqarilgan.

Source: podrobno.uz