19-may, seshanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Shamol 7−12 metr/sekundgacha tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13−18 metr/sekundgacha kuchayadi. Buxoro, Navoiy, Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida shamol 20−22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Havo harorati Selsiy bo‘yicha +25…+30 daraja atrofida bo‘ladi. Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3−8 metr/sekundgacha tezlikda esadi, 12−14 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat +25…+27 daraja bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7−12 metr/sekundgacha tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15−20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat +15…+20 daraja bo‘ladi.
18-may, dushanba kuni kuchli shamol bir qator hududlarda daraxtlar qulashiga, tomlar va boshqa konstruksiyalar shikastlanishiga olib keldi. Termizda esa chang tufayli havo ifloslanishi darajasi oshdi. Jizzax viloyatida diametri 10−15 millimetrga yetgan yirik do‘l kuzatildi.
Source: www.gazeta.uz