Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, nol stavkadagi QQS bilan soliq solinadigan qishloq xo‘jaligi tovarlari ro‘yxati kengaytirildi. Yangi ro‘yxatga 14 ta yangi pozitsiya qo‘shildi.

Yangilangan ro‘yxatga tirik baliq, tirik buzoqlar, sigirlar, buqalar, qo‘ylar, echkilar, otlar, tuyalar, eshaklar, asalari oilalari (paketlari), ipak qurti, shuningdek, ferula ko‘chatlari va uning smolasi kiritilgan.

Ma’lumot uchun: nol QQS stavkasi bo‘yicha tovarlarning umumiy ro‘yxati 518 pozitsiyani o‘z ichiga oladi. Bunga olma, nok, o‘rik, shaftoli, xurmo, tarvuz, qovun, pomidor, bodring, karam, kartoshka, mosh, no‘xot, guruch kabi dukkakli va donli ekinlar, shuningdek, sut, qaymoq, tvorog, tuxum, yangi, sovutilgan va muzlatilgan go‘sht mahsulotlari, baliq va dengiz mahsulotlari, urug‘lar, ko‘chatlar va gullar kiradi.

Qonunchilikka ko‘ra, ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Bu boradagi takliflarni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat hokimiyatlari yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlar kiritishi mumkin.

Source: kun.uz