Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

2026-yilda Qurbon hayiti 27-may, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Prezident farmonida belgilangan sanalarga ko‘ra, hayit munosabati bilan o‘zbekistonliklar 5 kun dam oladi.

Hujjat bilan, 28−29-may (payshanba-juma) kunlari barcha uchun qo‘shimcha dam olish kunlari, 30-may, shanba kuni esa 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.

Shu tariqa ish haftasi turidan qat’i nazar barcha ketma-ket 5 kun dam oladi: 27-may (chorshanba) – hayitning birinchi kuni, 28-may (payshanba) – qo‘shimcha dam olish, 29-may (juma) – qo‘shimcha dam olish, 30-may (shanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish, 31-may (yakshanba) – odatdagi dam olish kuni.

Barcha 1-iyundan yana ishga chiqadi. Eslatib o‘tamiz, ushbu sanalarda ko‘chirilgan dam olish kunlari yo‘q, xodimlar boshqa kunlari qo‘shimcha ishlab bermaydi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Zulhijja oyining 1-kuni 18-may, dushanba kuniga to‘g‘ri kelishini e’lon qilgan.

Source: www.gazeta.uz