Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda jarima ballari 12 balldan oshgan haydovchilar soni 107 taga yetdi. Bu haqda YHXX axborot xizmati xabar qildi.

Endilikda ular haydovchilik huquqidan sud tartibida mahrum etilishi kutilmoqda. So‘ngra ular majburiy o‘quv kurslarini o‘qib, qayta nazariy va amaliy imtihon topshirishi kerak bo‘ladi.

Nazariy imtihon odatdagidek 20 ta savoldan emas, 50 ta savoldan iborat bo‘ladi va kamida 46 ta savolga to‘g‘ri javob berishlari kerak.

Ma’lumot uchun, 8-may kuni berilgan xabarga ko‘ra, O‘zbekistonda jarima ballari 12 balldan oshgan haydovchilar soni 49 ta edi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-iyundan yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 12 ta moddasi asosida yozilgan bayonnomalar asosida, 2026-yilning 1-aprelidan esa qoidabuzarliklarni avtomatik ravishda aniqlovchi qurilmalar tomonidan aniqlangan to‘rt turdagi qoidabuzarliklar, ya’ni svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmaslik, to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish, yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagida harakatlanish va tezlik qoidalariga amal qilmaslik kabi qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisoblanishi belgilangan.

Source: www.gazeta.uz