Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston harbiy prokurori Otabek Xolboyev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Prezident farmoni bilan Otabek Xolboyev O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokurori lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rniga Qahramon Isroilov tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston harbiy prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Qahramon Isroilov 2024-yilda harbiy prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bungacha u Navoiy harbiy prokurori sifatida faoliyat yuritgan.

Avvalroq, 2024-yilda Otabek Xolboyev O‘zbekiston harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari, Qahramon Isroilov esa o‘rinbosar etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Source: www.gazeta.uz