O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 19-may kuni bo‘lib o‘tgan majlisida nizosiz ishlarni hal qilish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qildi.
Yangi qonunga ko‘ra, ijara to‘lovlari, ko‘p qavatli uylardagi mulkdorlarning majburiy badallari va to‘lovlari, kommunal xizmatlar hamda aloqa xizmatlari bo‘yicha qarzlarni undirish tartibi o‘zgartiriladi.
Agar qarz miqdori 412 million so‘mdan (ming BHM) oshsa, ish sudda ko‘rib chiqiladi. Aks holda, nizosiz talablar bo‘yicha ishlarni notariuslar hal qiladi. Bu fuqarolar va tadbirkorlar uchun vaqt va mablag‘ni tejash imkonini beradi.
Qonun loyihasi hali Senat tomonidan tasdiqlanishi va Prezident tomonidan imzolanishi kerak. Yangi tartib qachon kuchga kirishi hozircha noma’lum.
Source: kun.uz