2026-yil 20-may kuni soat 01:40:44 da Buxoro viloyatida kuchli zilzila qayd etildi.
FVV Respublika seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishlari epitsentri Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida joylashgan. Zilzila magnitudasi 5,3 ni, chuqurligi esa 10 km ni tashkil etdi.
Yer silkinishlari kuchi Buxoro viloyatida 3-4 ball (epitsentrdan 127 km uzoqlikda), Navoiy viloyatida esa 2-3 ball (epitsentrdan 194 km uzoqlikda) sezilgan.
Epitsentrdan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 527 km ni tashkil etdi.
Source: kun.uz