Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

️ Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi tog‘ tizmalarida noqonuniy ravishda oltin qazib olish bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh fosh etildi, deya xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi.

️ Qayd etilishicha, tumanning Oqtepa mahallasida yashovchi 33 yoshli O.B. mahalladoshlari bo‘lgan 19−34 yosh oralag‘idagi besh kishini yiqqan. Ular Oltinsoy tog‘ tizmalarida hech qanday ruxsatnomasiz, xavfsizlik qoidalariga zid ravishda, qo‘lbola usulda kon qazish ishlari bilan shug‘ullanib kelgan.

️ Mazkur guruh o‘z hayotini xavfga qo‘yishdan tashqari, davlat va jamiyat manfaatlariga ham yirik miqdorda moddiy zarar yetkazgan, deyiladi xabarda. Uning qanchaligi tergov ishlari yakunlangandan so‘ng ma’lum bo‘ladi, deya aniqlik kiritdi Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati.

️ O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida guruh a’zolari daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi. Ulardan noqonuniy qazish ishlarida foydalanilgan xo‘jalik buyumlari va turli uskunalar musodara qilindi.

️ Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 196−2-moddasi 2-qismi (Yer qa’rini muhofaza qilish va undan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

️ IIV ushbu shaxslardan jabr ko‘rgan yoki boshqa jinoiy xatti-harakatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan hududiy IIBga murojaat qilishni so‘radi.

Source: www.gazeta.uz